OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA

OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA
Bugun, shahar hokimligi binosida Termiz shahar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, diniy idora vakillari hamda viloyat sudi sudyalari hamkorligida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish va kelgusi yilda amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda masalaga aloqador mutasaddi tashkilotlar rahbar va xodimlari shuningdek, ajrim yoqasidagi oilalar ham ishtirok etishdi.