#Motivatsiya

Motivatsiya
Termiz shahridagi Prezident maktabida "O'zbekiston yoshlar forumi-2021" doirasida Termiz shahar hokimi o'rinbosari K.Ashurov, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi rahbari Jamshid Choriyev, Termiz shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari Odil Xudoyqulovlar shuningdek, viloyat va Termiz shahar xalq ta'limi bo'limi, Termiz shahar 1-FMMI, "WebForte" IT akademiyasi vakillari va o'quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida o'quvchilar tashrif buyurgan mehmonlarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlanishdi. Suhbat jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilar mehmonlar tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.
Suhbat yakunida mehmonlar maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.