Termiz shahrida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi

Termiz shahrida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi
Yig'ilishda Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i A.Ismoilov, Termiz shahar hokimi I.Xudoyberdiyev shuningdek, jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, profilaktika inspektorlari, deputat va mahalla fuqarolari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi.
Termiz shahridagi 37 mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashda tizimli ishlarni tashkil etish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, mahalla fuqarolar yig‘inlari tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni oqilona yo‘lga qo‘yish borasida topshiriqlar berib o‘tildi.