Besh_tashabbus_mahallada

Besh_tashabbus_mahallada
Xabaringiz bor 13-dekabrь kuni Termiz shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʼrinbosari Qahramon Qoʼchqorovich Quronboev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Аlisher Saʼdullaevlar yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazgan edi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalaridan kelib chiqib "Yoshlar forumi-2021" doirasida mahallalarda yoshlar oʼrtasida turli musobaqa va tanlovlar oʼtkazilishi belgilangan edi. Termiz shahrida forum doirasida belgilangan musobaqa va koʼrik-tanlovlar mahalllarda yuqori saviyada tashkil etildi.

“Oʼzbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida “Besh tashabbus – mahallada” shiori ostida Termiz shahar IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari sovrini uchun “ZАKOVАT” intellektual musobaqasining final bosqichi oʼtkazildi.
Bugun, 18-dekabrь kuni viloyat Qoʼgʼirchoq teatri binosida Termiz shahar 3-sektor hududida joylashgan mahallalarning har biridan finalga chiqqan jamoalar oʼrtasida bilimlar bellashuvining final bosqichi boʼlib oʼtdi. Qizgʼin baxs va munozaralarga boy boʼlgan oʼyin yakunida;
"Majnuntol" mahallasining "Omadlilar" jamoasi 1-oʼrin, "Eski shahar" mahallasining "Kelajak liderlari" jamoasi 2-oʼrin va "Аmu sohillari" mahallasining "Everest" jamoasi 3-oʼrinlarni egallashdi.
Gʼolib jamoalarning har bir aʼzosiga 1-oʼringa kompьyuter jamlanmasi, 2-oʼringa planshet va 3-oʼrin uchun badiiy kitoblar jamlanmasi va diplomlar bilan taqdirlandilar.