Besh_tashabbus_mahallada

Besh_tashabbus_mahallada
“Oʼzbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida “Besh tashabbus – mahallada” shiori ostida Termiz shahar IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari sovrini uchun mahalla yoshlari oʼrtasida “ZАKOVАT” intellektual oʼyini qizgʼin davom etmoqda.
Bugun, 3-sektor hududida joylashgan mahallalar yoshlaridan shakllantirilgan jamoalar oʼrtasida bilimlar bellashuvi boʼlib oʼtdi.
Maʼlumot oʼrnida aytish lozimki, har bir mahalladan gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlar jamoalari 18-dekabrь kuni viloyat Qoʼgʼirchoq teatrida boʼlib oʼtadigan “ZАKOVАT” intellektual oʼyinining final bosqichida oʼzaro bellashadilar.