YOSHLAR FORUMI DOIRASIDA BESH MING QADAM

YOSHLAR FORUMI DOIRASIDA BESH MING QADAM
Termiz shahrida bugun erta tongdan "Yoshlar forumi" doirasida “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va nodavlat tashkilot vakillari, mahalla faollari va yoshlar faol qatnashdilar.
Bu kabi tadbirlar shahrimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.