Termiz shahrida "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Termiz shahrida "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Kecha, 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan "Shodiyona" tantanalar saroyida imkoniyati cheklangan fuqarolarga bayram dasturxoni yozilib, konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayramda xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida barcha qatnashchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.