1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni

1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni
Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirokida «1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan «OITSga birgalikda qarshi kurashamiz!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurash markazi epidemiolog shifokori R.Qurbonov va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi F.Xudoynazarovlar qatnashdi. Ma’ruzachilar tomonidan OITS kasalligining tarqalishini oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash lozimligi haqida fikrlar yuritildi.