MEDIA TUR

MEDIA TUR
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida Termiz shahrida issiqxona tashkil etgan yoshlar ish faoliyati bilan yaqindan tanish maqsadida shahar hokimligi tomonidan media tur tashkil etildi.
Tomorqa – har bir oilaning bamisoli xazina manbai. Shahrimizda kaftdek yerdan omilkorlik bilan foydalanib, mo‘maygina daromad olayotgan oilalar ko‘plab topiladi.
Xususan, “Namuna” mahallasida yashovchi Ikrom Xolov tomorqasining sotix yer maydoniga issiqxona tashkil qilib, limon ko‘chatlarini parvarish qilmoqda.
Bu galdagi media turimiz ishtirokchilari o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, dasturxoninnig to‘kin, oilasining farovonligi uchun mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz kundalik hayoti bilan yaqindan tanishishdilar.