Matbuot anjumani

Termiz shahrida investisiya, eksport, turizm salohiyati va imkoniyatlarini yanada kengaytirish borasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2021 yilga rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman yakunida Termiz shahrida ish boshlagan “Glass-expo-surxon” MCHJga qarashli oynaga ishlov berish va qayta ishlash korxonasi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Umumiy maydoni 1,37 gektardan iborat ma’muriy va xo‘jalik binolari 1,5 million dollarlik investisiya kiritish sharti bilan mazkur tadbirkorlik sub’yektiga berilgandi. Hozirda Xitoy, Italiyadan olib kelingan zamonaviy texnologiya asosida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.