Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevning murojati

Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevning murojati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 noyabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo qilish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etish hamda daraxtlarni ekish, parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevning murojaati
Hurmatli hamshaharlar!
Yurtboshimizning tashabbusi bilan shahrimizda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etishda daraxtlarni ekish, parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etishda tabiatni ekologik asrash va aholi salomatligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Termiz shahar hududida joriy yil kuz va 2022 yil bahor mavsumida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini tizimli hamda uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsad qilindi.
Hurmatli shahrimiz fuqarolari, tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari!
Shahardagi tashkilot, korxona va muassasa hamda aholi uchun ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish maqsadida, “Gul va manzarali daraxt ko‘chatlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Bunda manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarini yetkazib berish hamda ekish ishlarini muvofiqlashtirish uchun shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Jo‘rayev shahar ishchi guruhi rahbari etib tayinlandi.
Siz manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekish va parvarishlashda ishchi guruhi rahbari bilan
99-423-50-07 raqami orqali hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Termiz shahar ispeksiyasi bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov guruh rahbari o‘rinbosari bilan 99-897-533-34-53 raqami orqali bog‘lanishlaringiz mumkin.
Sizlardan tashkilot, korxona va muassasalar, mahallalar, aholi yashash punktlari, ko‘p qavatli binolar va uy-joylar, hovlilar atrofi, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar hududlarida manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarini uyushqoqlik bilan bajarilishida faol ishtirok etishlaringizni so‘rayman.