Maktabni yashil maskanga aylantiramiz

Maktabni yashil maskanga aylantiramiz
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hududlarimizni yashil maydonga aylantirish imkonini beradi.
"Yashil makon" loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarida Ro‘zi Choriyev tavalludining 90 yilligi tantanalarining poytaxt hamda viloyatlardan kelgan mehmonlari – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi mutasaddilari, rassomlar, tasarrufdagi ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari ham faol ishtirok etib, atoqli rassom nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati hududida birgalikda viloyat iqlimiga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.