Mahallalarga gaz qyvurlari tortilmoqda

Mahallalarga gaz qyvurlari tortilmoqda
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida Termiz shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida tabiiy gaz quvurlari o‘rnatish ishlari olib borildi.
Filial tomonidan hududda joylashgan jami 260 ta uy-joyga tabiiy gaz quvurlari o‘rnatilishi belgilangan. Shu kunga qadar to‘liq 260 ta xonadonga gaz quvuri tortilib, 80 dan ortiq iste‘molchilarga "aqlli" hisoblagichlar o‘rnatib berildi. Qolgan xonadonlarga bosqichma-bosqich o‘rnatib berishi belgilangan.