SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA!

SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA!
Bugun erta tongdan Termiz shahar hokimligi jamoasi, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari birgalikda aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish hamda ommaviy sportga jalb etish maqsadida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida piyoda yurish marafoni oʼtkazildi.
Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yoʼqotishda yordam beradi.
Shunday ekan, hayotingizning birlamchi muhim omili boʼlgan sogʼligingizga vaqtida eʼtibor qaratib, kuningizning maʼlum bir vaqtini oilangiz yoki doʼstlaringiz bilan piyoda yurish bilan oʼtkazing!