Sogā€˜lom turmush tarzini shakllantirish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti faollar zalida
«Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlash» mavzusida talaba-qizlar ishtirokida yig’ilish bolib o‘tdi. Yigilishga O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha viloyat bosh otinoyisi X.Qosimova,Termiz shahar osmirlar poliklinikasi genekolog shifokori Lola Mavlonovalar ishtirok etishdi. Yig’ilishda yoshlarimizning sog’lom turmush tarziga amal qilishi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasida Uzbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha viloyat bosh otinoyisi X.Qosimova, Termiz shahar osmirlar poliklinikasi genekolog shifokori Lola Mavlonovalar tomonidan talaba qizlarga tushunchalar berildi. Shuningdek yigilishda talabalardan tushgan savollarga mutaxassislar hayotiy misollar asosida javob berib o`tishdi.