Vatanparvar tashkiloti 30 yoshda...

Vatanparvar tashkiloti 30 yoshda...
Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topilganligining 30 yilligi munosabati bilan, “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi, viloyat Janubiy Operativ qoʼmondonligi, IIV YXHB Termiz shahar boʼlimi, Termiz shahar Madaniyat boʼlimi, Termiz shahar Xalq taʼlimi boʼlimi va Surxondaryo teleradiokompaniyasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar hamkorligida joriy yilnng 19 noyabrь kuni Termiz shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” binosida Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi ““Vatanparvar” tashkiloti 30 yoshda” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirda uzoq yillar davomida tashkilot ravnaqiga oʼzining xissasini qoʼshib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan mehnat fahriylari, “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha ishchi-xodimlar, sportchilar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan haydovchilik kurslarida taʼlim olayotgan yoshlar, viloyat hokimligi vakillari, mudofaa vazirligiga qarashli 11506-harbiy qism, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Termiz shahridagi 14-umumtaʼlim maktabi qoshidagi “EVEREST SURXON” nodavlat taʼlim muassasasi oʼquvchilari va mahalalardan uyushmagan yoshlar ham ishtirok etishdi.
Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʼyicha oʼrinbosari Qodirov Bahodir Raximovich madaniy-maʼrifiy tadbirni ochiq deb eʼlon qilib “Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining 30 yillik faoliyati haqida soʼzladi. B.Qodirov bugungi tadbir tashkilotchilarini va ishtirokchilarini “Vatanparvar” tashkilotining 30 yillik bayrami bilan tabriklab, tashkilot rahbariyatiga va ishchixodimlariga kelgusi mashaqatli ishlarida muvoffaqiyatlar tiladi.
Soʼz ““Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi raisi Yusupov Zufarjon Yusupovichga berildi. Z.Yusupov “Vatanparvar” tashkiloti oʼz nutqida “Vatanpavar” tashkiloti tarixi, bosib oʼtgan mashaqatli yillari davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi amalga oshirilishi belgilab olingan rejaviy dasturlari haqida tadbir ishtirokchilarini tanishtirib, bugungi bayram bilan barchani tashkilot rahbariyati va ishchi-xodimlari nomidan tabriklab oʼtdi.
Tadbir davomida viloyat kengashi raisi oʼrinbosari Eshmatov Аzamat Ismatullaevich tomonidan Markaziy kengashi raisining “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan viloyat kengashi va tasarrufdagi tashkilotlarning raxbar xodimlari va faxriylar, hamkor tashkilotlarning taqdirlash toʼgʼrisida”gi buyrugʼini oʼqib eshittirdi.
Shundan soʼng viloyat hokimi oʼrinbosari B.Qodirov va Viloyat kengash raisi tomonidan bir qator xodimlar, mehnat faxriylari va hamkor tashkilotlar vakillarini “Vatanparvar” tashkilotiga 30 yil” esdalik belgisi, faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.
Joriy yilning 19 noyabr kuni oʼtkazilgan tadbir juda koʼtarinki ruhda, madaniyat xodimlari tomonidan turli kuy-qoʼshiq va raqslar hamhongligida oʼtdi. Tadbir ishtirokchilarida tadbir haqidagi tassurotlar aʼlo ekanligi, keyingi “Vatanparvar” tashkilotining barcha tadbirlarida ishtirok etishlarini bildirib oʼtishdi. “Vatanparvar” 30 yoshing muborak!...