Butun jahon bolalar kunida quvonch ulashgan markaz

Butun jahon bolalar kunida quvonch ulashgan markaz
Bu kun 1954 yilda BMT tomonidan eʼlon qilingan va yosh avlodning farovon hayotini taʼminlash uchun dunyo hamjamiyati eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan "Barqaror hayot" xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi jamoasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil qildi.
Ushbu tadbirga kelgan bolajonlar uchun turli interaktiv oʼyinlar, kichik sport musobaqalari tashkil qilindi. Shu kuni bolajonlar oʼzlari sevgan mashgʼulotlar bilan shugʼullanish imkoni ham yaratildi. Shu sabab kimdir rasm chizdi. Kimdur yozgan sheʼrini xatto oʼqib ham berdi. Bayramda markaz jamoasi tomonidan bolajonlarga sovgʼalar ulashildi.
Bayram sababchilari uchun yozilgan dasturxon atrofida tadbir davom etdi.