Toʼra Bobolov Termiz shahrida sayyor qabul oʼtkazdi

Toʼra Bobolov Termiz shahrida sayyor qabul oʼtkazdi
Sayyor qabul paytida viloyat hokimi kecha Kun.uz internet nashrida tugʼma yurak porogi bilan Аngor tumanida tugʼilgan, 10 kun ichida operatsiya qilinsagina yashab keta olishi aytilgan chaqaloq haqida oʼqib qolganini gapirib, mutasaddilarga uning ota-onasini hoziroq telefonda boʼlsa ham bogʼlab berish toʼgʼrisida topshiriq berdi.
Viloyat hokimi chaqaloqning otasi, ayni paytda Toshkent shahrida boʼlib turgan Umarxon Sattorov bilan telefon orqali bogʼlanib, farzandining salomatligini soʼradi va uning davolanishi uchun zarur mablagʼning toʼlab berilishini maʼlum qildi.
Sayyor qabulda yana 22 nafar fuqaro tomonidan Termiz shahri va Termiz tumanida istiqomat qiluvchi 500 nafar aholi nomidan dolzarb murojaatlar oʼrtaga tashlandi. Joyida hal qilish imkoni boʼlgan 180 ta murojaat yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi.
Аtroflicha oʼrganishni taqozo etadigan masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega davlat idoralariga muddat belgilanib, nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.