Mehnat yarmarkasi: Termiz shahrida xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlandi

Mehnat yarmarkasi: Termiz shahrida xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlandi
Termiz shahridagi Yoshlar markazida, shahar hokimligi, shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda "Amudar textile" MCHJ, "Sendvich-panel" “Grand palas” “Silk road textil” “Comfort mebel” MCHJlar 300 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu borada mehnat yarmarkalari ham muhim ahamiyat kasb etayotir.
Yarmarkada taklif etilgan ish o‘rinlarining 50 foizidan ziyodi tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri kelgani shahrimizda bandlik masalasini hal etishda kichik biznes vakillarining ulushi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Ishtirokchilar korxona, tashkilot va muassasalar mutaxassislari tomonidan ish o‘rinlari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy himoya va oylik maoshlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
Yarmarkada kichik biznes vakillari bilan 20 dan ortiq xotin-qizlar o‘rtasida ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
O‘tkazilgan yarmarkada 300 nafardan ziyod ishsiz xotin-qizlar va yoshlar qamrab olindi va shu joyning o‘zida 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, 16 nafariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma berildi.