"SIYOSIY (MА'RIFАT) SOАTI"

"SIYOSIY (MА'RIFАT) SOАTI"
2021 yil 19 noyabr kuni Termiz shahar hokimligining majlislar zalida “Siyosiy (Ma'rifat) soati" o‘tkazildi. Unda shahar hokimligi ijroiya apparati xodimlari ishtirok etishdi.
Bugungi "Ma'rifat soati" "O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti: hamkorlikning yangi davri", "Huquqiy savodxonlik" (hafta davomida qabul qilingan dolzarb normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati), "Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari" mavzulariga bag‘ishlandi.
Tashqi ishlar vazirligi Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Nurimbetov Raxmatilla, Adliya vazirligi bosh maslahatchisi Rajaboyev Dilmurod Kuldash o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i Inamov Fazliddinlar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr-mulohaza yuritishdi.