TERMIZ SHAHRIDA “TIBBIYOT XODIMLARI KUNI” BAYRAMI KENG NISHONLANDI

TERMIZ SHAHRIDA “TIBBIYOT XODIMLARI KUNI” BAYRAMI KENG NISHONLANDI
O‘zbekistonda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Tibbiyot xodimlari kuni" bayrami o‘tkaziladi. Bugun 13 noyabr kuni shu munosabat bilan “Afruz” tantanalar saroyida Termiz shahar hokimligi tomonidan Tibbiyot hodimlari kuni bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu bayram tadbirida Termiz shahar hokimi Xudoyberdiyev Isroil Bo‘riyevich so‘zga chiqib fidoyi kasb egalarini bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Shundan so‘ng Termiz shahrida tibbiyot sohasini rivojlantirish va aholi salomatligini mustahkamlash borasida samarali xizmat qilayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari shahar hokimining qimmatbaho estalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Tantanali tadbirda shahar madaniyat bo‘limi tomonidan bayram dasturiga tayyorlangan chiqishlari va hushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga hushkayfiyat bag‘ishladi.