PIYODA YURISH MARAFONI O‘TKAZILDI

PIYODA YURISH MARAFONI O‘TKAZILDI
Bugun, 13-noyabr kuni Termiz shahrida “SPORTNI SEV - SPORT BILAN YASHA!” shiori ostida ertalabki sog‘lomlashtirish piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda mahallalardan uyushmagan yoshlar, korxona,tashkilot va muassasalar xodimlari “Ipoteka bank” viloyat bo‘limi qarshisidan "ICEBERG" ko‘ngilochar markazi binosi tomon harakatlanishdi.