VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM

VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM
O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi huzuridagi Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markzai Termiz shahar bo‘linmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!” respublika ko‘rik-tanlovining Termiz shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar uch:
“Tasviriy va amaliy san’at”
“Adabiyot va publisistika”
“Maqom va milliy estrada” yo‘nalishda bellashdi.
Hakamlar hay’ati har bir ishtirokchining ijodiy ishlarini diqqat bilan o‘rganib, eng munosiblarini saralashdi.
Tadbir yakunida uchta yo‘nalishdan faxrli 1, 2, va 3-o‘rinni egallagan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.
Tanlovning “Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishda I - o‘rin Choriyev Sunnatillo, “Adabiyot va publisistika” yo‘nalishida I - o‘rin Saparova Zebiniso, “Maqom va milliy estrada” yo‘nalishida I - o‘rin Ergashev Suyunbeklar munosib deb topildi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.