Shahrimizda kundan-kunga yangi bino va inshoatlar ko'payib, yurtimiz chiroyiga-chiroy qo‘shmoqda.

Shahrimizda kundan-kunga yangi bino va inshoatlar ko'payib, yurtimiz chiroyiga-chiroy qo‘shmoqda.
Bugun, Termiz shahar "Alpomish" mahallasi hududida "Sevimli" market binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan zamonaviy oziq-ovqat marketining ochilish marosimida shahar hokimligi, nuroniylar va jamoatchilik vakillari qatnashdi. Marosimdan so‘ng "Sevimli" market rahbari tomonidan mahalla hududida yashovchi kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalarga, shuningdek, yakka-yolg'iz keksa nuroniylarga bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.