Termiz shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar boshlandi.

Termiz shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar boshlandi.
Shahrimizning 1-sektor hududida dastur doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari tashabbuslari bilan daraxt ko‘chatlarni ekish ishlarni jadallik bilan boshlab yubordilar. Ayni vaqtda Termiz shahridagi barcha mahalla hududlarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda dastur doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.
Shu kundan boshlab 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" eʼlon qilinadi.
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Аndijon, Buxoro, Namangan, Fargʼonada – 15 million tupdan, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan ko‘chat ekiladi.