Aholini ro‘yxatga olish

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish sanasida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari xodimlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ularning o‘zi bilan birga bo‘lgan oila a’zolari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim.

Elchixonalar, diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari , xorijiy davlatlarning hukumat va hukumatlararo tashkilotlari, xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalaridir.