Termiz shahrida o‘tkaziladigan katta kurash musobaqasiga marhamat!

Navro‘z" umumxalq bayrami sayllari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 19-mart kuni Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasi hududida katta kurash musobaqasi o‘tkaziladi.

Ushbu kurash musobaqasiga vohamiz va yurtimizning barcha hududlari polvonlarini taklif etamiz. Kurash musobaqasi sovrin jamg‘armasidan tuya, ot, ho‘kiz va qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari hamda bosh sovrin uchun avtomobil o‘rin olgan.

Polvonlar ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamga bog‘lanishlari so‘raladi:
+998 91 365 76 97