Murojaat va ijro:

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida olis, tog‘li hududda joylashgan "Vochax" qishlog‘iga elektr toki umuman yetib bormagan. Ushbu qishloq tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda, tog‘lar yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, 21 ta xonadonda 120 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Mazkur muammo O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senator Abdug‘ani Sanginovning tashabbusi bilan bartaraf etilmoqda. Buning uchun 100 dona  maxsus temir ustunlar, 18 kilometr havo tarmog‘ini tortish elektr kabellari, 160 kVa transformator punkti ajratildi.

Hozirda tog‘li hududlarda ishlashga mo‘ljallangan maxsus texnikalar yordamida temir ustunlarni o‘rnatish, havo elektr tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda.