“Termiz” kanali o‘zani qurilishi bilan tanishildi

“Termiz” kanali o‘zani qurilishi bilan tanishildi

Xabar berilganidek, o‘tgan haftada Termiz shahrining “Mehridaryo”, ”Beruniy” va “Ibn Sino” ko‘chalari bo‘ylab o‘tuvchi “Termiz” kanalining qurilish ishlari bilan tanishilib, loyiha doirasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish topshirig‘i berilgan edi.

Hududda bo‘lib qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Loyihaning muhimligi, Termiz shahrida iqlim mo‘tadilligi va yashil maydonlarni sug‘orishdagi o‘rnini inobatga olib, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatayotgan quruvchi-texniklarga sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida Termiz shahri va Termiz tumanida oqova suv ta’minotini yaxshilash loyihalari taqdimoti bilan tanishilib, tegishli tavsiyalar berildi.