Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi oʻrganildi

Xususan, “Yulduz” va “Oʻzbekiston” mahallasi hamda markaziy koʻchalarda bunyodkorlik ishlari, yoʻllar boʻylab tungi yoritish chiroqlari, jumladan, milliy ramzlar bezaklari tushirilgan illyuminatsiya chiroqlarini oʻrnatish ishlari koʻzdan kechirildi.

Bunyodkorlik ishlarini belgilangan normalar asosida olib borish va sifatli amalga oshirish, shahar aholisi va mehmonlari uchun zarur qulayliklar yaratish, markaziy koʻchalar boʻylab illyuminatsiya chiroqlari oʻrnatish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash topshirigʻi berildi.