Prezident topshirigʻi ijrosi:

Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqlarga asosan Termiz shahridagi 37 mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2 mlrd soʻmdan, jami 74 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, shaharning “Farhod” mahallasida dasturga asosan 1100 metr beton qoplamali yoʻl, 570 metr asfalt qilindi, bolalar maydonchalari ta'mirlanib, bo'yoqlandi, mahalla hududidagi skameykalar, devor yuzalari, chiqindi qutilari bo‘yoqlandi, 1000 tubga yaqin katta va kichik daraxtlar oqlandi, xonadonlarning atroflari, ko‘cha bo‘yi hududlari, lotoklar tozalandi, maydonlardagi o‘tlar o‘rib olinib, gullarga shakl berildi.