Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari tufayli viloyatimizning barcha hududlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining xabariga ko‘ra, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini oshirish maqsadida “Sho‘rtan-Sherobod” magistral gaz quvurini "Mustaqillikning 25 yilligi" konida qurilayotgan Gazni qayta ishlash zavodiga bog‘lash ishlari olib boriladi.

Qurilish-ta’mirlash, quvurlarni bog‘lash ishlari yakunlangandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.