Hokim va yoshlar uchrashuvi: Hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi

Termiz shahrida «Bog'zor» mahallasi yoshlari uchun tasdiqlangan reja-grafikka asosan navbatdagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi, 1-sektor rahbari O‘ktam To‘rayev, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari va mahalla yoshlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlari yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.