Termiz shahrida loyihalar ijrosi va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishildi

Aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash tadbirlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

“San’at saroyi” hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, maysazorlarni parvarishlar uchun sug‘orish tizimlarini o‘rnatish jarayonlari mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Shu yerning o‘zida yo‘llarni ta’mirlash va mahallalarda amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, bog‘ qurilishi, “Nuroniylar maskani”, ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishilib, har bir manzilda mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.