Termiz shahrida umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha namunaviy seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, Termiz shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabida shahardagi maktab direktorlari va o‘rinbosarlari ishtirokida “Umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga namunali tarzda tayyorlash bo‘yicha seminar” tashkil etildi.

Seminarda mas’ullar tomonidan umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida so‘z yuritilib, ta’lim muassasalariga zarur tavsiyalar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar maktabning va o‘qituvchilarning yangi o‘quv yiliga umumiy tayyorgarligi, sinf xonalarining zamonaviy jihozlanganligi hamda hududning obodonlashtirilishi bilan yaqindan tanishib, samimiy muloqot qilishdi va o‘zaro tajriba almashishdi.