Qurilish ishlari nazorati uchun situatsion markaz tashkil etilmoqda

Topshiriqqa asosan Termiz shahrida situatsion markaz tashkil etilmoqda. Viloyat rahbari markaz bilan tanishib, qurilish loyihalari to‘liq qamrab olinmaganligi, obyektni har tomonlama nazorat qilish imkoniyatlari yaratilmaganligiga e’tiroz bildirdi.

Markaz faoliyatini takomillashtirish, kuzatuv tizimlarini ko‘paytirish, barcha qurilish loyihalarini qamrab olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.