Diqqat e'lon!

Joriy yilning 20 - 21-iyul kunlari Termiz shahar  “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi hududida joylashgan 110/10/6 kV li “Sharq” podstansiyasidagi yuklamada ishlayotgan quvvati 10 000 kVA kuch transformatorini quvvati 20 000 kVA kuch transformatoriga almashtirish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ishlarni amalga oshirish davomida Termiz shahridagi "O‘zbekiston", "Farhod", "Tuproqqo‘rg‘on", "Bo‘ston", "Yulduz", "Abdulla Avloniy", "Jayxun" "Bog‘ishamol, "Shifokor" va "Do‘stlik" mahallalari hududidagi iste'molchilarning elektr ta’minotida vaqti-vaqti bilan uzilishlar yuzaga kelishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.