Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining xabariga ko‘ra 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Muzrabot-Dushanbe” magistral gaz tarmog‘ining 116, 116,5 va 117,5 kilometrlarida gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan ertaga, 14 iyul kuni soat 06:00 dan 19:00 ga qadar Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on tumanlari va Termiz shahridagi barcha tabiiy gaz iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.