Xalqaro kuzatuvchilar 9– Surxondaryo okrug saylov komissiyasida bo‘ldi

Mamlakatimizda ertaga bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun Surxondaryo viloyatiga kelgan nufuzli xalqaro tashkilotlarning uzoq va qisqa muddatli kuzatuvchilari muhim siyosiy tadbirga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Bugun shvedsiyalik Anna Yenarsson va germaniyalik Michail Vaxlen O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9– Surxondaryo okrug saylov komissiyasida bo‘lib, komissiya raisi A. Xo‘jaqulov va o‘rinbosari R.To‘rayevlar bilan suhbatlashdi.