Termiz shahrida 1 000 o‘rinli bilim va malakalarni baholash markazi qurilmoqda

Termiz shahri “Tinchlik” mahallasi hududida loyiha qiymati 21 mlrd so‘m bo‘lgan, Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati filiali uchun 1 000 o‘rinli, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadigan yangi bino qurilmoqda.Loyiha pudratchisi bo‘lgan “Termiz Boysun qurilish” MCHJ quruvchilariga ishlarni sifatli amalga oshirish, soha mas’ullariga qurilish ishlarini doimiy nazorat qilib borish topshirig‘i berildi.