Termiz shahridagi bugungi o‘rganish ishlari

Ushbu mahallalarda dasturga muvofiq 5,1 km yo‘llarni asfaltlash, 1,5 km qismida beton qoplama yotqizish, qariyb 4 km piyodalar yo‘lagi barpo etish, 4,1 km ichimlik va oqova suv tarmog‘ini tortish, mahalla binosi va ko‘p qavatli turar-joylarni ta’mirlash, fasad qismini bo‘yash, bolalar va “Workout” maydonchalarini tashkil etish belgilangan.

Hozirgi kunda 2,4 km asfalt, 1,1 km beton qoplama yotqizish, 3,8 km piyodalar yo‘lagi qurish, 1,9 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilgan. Ko‘p qavatli turar-joylarning tom qismini ta’mirlash, fasadini bo‘yash, bolalar va “Workout” maydonchalarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mas’ullarga qator vazifalarni belgilab berdi. Xususan, dasturga kiritilmagan mahalla binosi va ko‘p qavatli turar-joylarning fasad qismini bo‘yash, tom qismini ta’mirlash, “Bog‘zor” mahallasidagi kutubxonaga konditsioner o‘rnatish, hududlarni obodonlashtirish, gullar ekish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, qo‘shimcha beton yo‘laklar qurish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish topshiriqlari berildi.