NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibiga ko‘ra, Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati va sifat samaradorligini oshirish ahvoli, 2021-yil yanvar-sentabr oylarida aholining bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti, Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborovning shahar darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2021-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-sonli qarorining shahardagi ijrosi haqidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.