Termizda yana bir madrasa binosi qurilmoqda

Bugun viloyat hokimi yer ishlari boshlangan va poydevor qismini qazish davom ettirilayotgan loyihada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Mazkur o‘rta maxsus ta’lim madrasasi binosi ikki qavatli bo‘lib, 116 o‘ringa mo‘ljallangan.

Viloyat rahbari qurilish hududini ko‘zdan kechirib, avturargoh, madrasa binosi, favvora va ikkinchi bosqichda qurilishi rejalashtirilgan binolar loyihasi taqdimoti bilan ham tanishdi. Mas’ullarga ta’lim dargohi qurilishini puxta va sifatli amalga oshirish, keyingi bosqichda rejalashtirilgan bino loyihalarini ham shaharsozlik normalari hamda islom me’morchiligi arxitekturasini inobatga olgan holda ishlab chiqish topshirildi.