Aholiga yanada qulaylik yaratish

Albatta, yillar davomida to‘planib qolgan, vaqt, mehnat va mablag‘ talab etadigan bunday muammolarni bartaraf etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, shahar va qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan massivlar, ko‘p qavatli turar joy binolari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ob’yektlarga gaz tarmoqlari tortish borasida "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali tomonidan muayyan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.