Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Shu o‘rinda aytish lozimki, birinchi navbatda, respublika aholisi va uning turmush sharoiti to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar aynan aholini ro‘yxatga olish orqali shakllantiriladi. Masalan, Surxondaryoda necha kishi ishsiz? Qancha oila uy-joyga muhtoj? Yana nechta ta’lim muassasasi qurishlozim? Aholi xonadonlari asosan qaysi yillarda qurilgan? Aslida qancha kishi shaharda, qanchasi qishloqlarda yashaydi va hokazo. Aholini ro‘yxatga olish amaliyoti shu kabi ko‘plab savollarga javob, muammolarga yechim topish imkonini yaratishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ma’lumki, ko‘pchilik aholini ro‘yxatga olishamaliyotini statistik ma’lumotlar to‘plash tadbirlarining bir ko‘rinishi, deb biladi. Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining ma’lum bir vaqtdagi aslholatini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Davlat darajasidagi kengko‘lamli, ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadigan ushbu tadbirni o‘tkazish uchun xalqaro talablarga muvofiq 2-3 yil tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Bu amaliyot mustaqillik yillarida respublikamizda birinchi marta o‘tkazilayotganini inobatga olib, uni tashkil etishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2020 yil 11 noyabrda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1-25 noyabr kunlari amalga oshiriladi.
Aholini ro‘yxatga olish uch bosqichdan iborat bo‘lib, belgilangan amaliyotga kirishilgunga qadar 2020-2023 yillarni o‘z ichiga oluvchi tayyorgarlik jarayonlari olib boriladi. Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish dasturiga ko‘ra, 2021 yilning
1-25 noyabr kunlari yurtimizning bir qator hududlarida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishishlari amalga oshiriladi. Bunda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish jarayonlari, ro‘yxatga olish usullari, dasturi, savolnomalari, uslubiy qo‘llanma hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlari amaliy sinovdano‘tkaziladi. Natijalar asosida aniqlanadigan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.