“Mening hududim” platformasi ishga tushiriladi

Qurilish vazirligi viloyat hokimlari bilan birga 400 dan ortiq shahar va shaharchaning bosh rejasini ishlab chiqadi. Har bir ishlab chiqilgan reja aholi bilan muhokama qilinadi.

Buning uchun “Mening hududim” platformasi ishga tushirilib, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikri o‘rganiladi va ovoz berish mexanizmi joriy qilinadi.