“PROKUROR KUBOGI”

Bugun Termiz shahar prokurori, 2-sektor rahbari X.P.Mamatqulovning tashabbusi bilan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish hamda yosh avlodni sportga qiziqtirish maqsadida 2-sektor hududidagi yoshlar oʻrtasida “Voleybol” sport turi boʻyicha qizlar oʻrtasida “PROKUROR KUBOGI” musobaqasi oʻtkazildi.

9 ta mahalla jamoalaridan iborat yoshlar ishtirok etgan ushbu musobaqada “Baynalminal” mahallasi jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, diplom va 1 mln. soʻm pul mukofoti, “Turon” mahallasi jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, diplom va 700.000 soʻm pul mukofoti, “Shodlik” mahallasi jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, diplom va 500.000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.