“Ayollar daftari”

Termiz shahrida jami 37 ta mahalla, 46 851 ta xonadon boʻlib, ushbu xonadonlarda  27 ming 330 nafar 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar istiqomat qiladi.

Joriy yilning 23-yanvar kuniga qadar 23 ming 673 nafar 30 yoshdan yuqori boʻlgan xotin-qizlar bilan suhbatlashildi, soʻrovnomalari toʻldirildi.

Jumladan “Pattakesar” mahallasida ham “Ayollar daftari” ning 5-bosqichi uchun uyma-uy yurilib xatlov oʻtkazilmoqda.

Xatlov davomida xotin-qizlar bilan suhbatlashilib, aniqlangan maʼlumot va muammolarni anketa-soʻrovnomalar toʻldirish orqali belgilab olinmoqda.