Tabiiy gaz

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifida bergan topshirig‘iga asosan, “Termiz” magistral quvuriga parallel ravishda 46,5 km uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 km qismi ishga tushirilmoqda. Natijada Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Sherobod tumanlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash yaxshilanadi.

Shu munosabat bilan joriy yil 8-yanvar kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi barcha isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.  Mazkur ishlar kelgusida aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotganligini bildirgan holda, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tarmoqlardagi modernizatsiya ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.