TERMIZDА OSOYISHTАLIGIMIZ POSBONLАRI BАYRАMI KENG NISHONLАNDI

TERMIZDА OSOYISHTАLIGIMIZ POSBONLАRI BАYRАMI KENG NISHONLАNDI

Bugun, Termiz shahridagi “Аzizbek” tantanalar saroyida “Ichki ishlar xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi. Marosimda bugungi kunda shahrimiz hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar idoralari tomonidan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani, bunda har bir xodimning alohida o‘rni borligini eʼtirof etildi.
Bayram davomida tizimda faoliyat olib borayotgan fidoyi xodimlar va faxriylarning bir guruhiga 25 oktabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan shahar hokimligining qimmatbaho sovgʼa va “Faxriy yorliq”lari topshirildi. Tadbirda shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayram qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bagʼishladi.